Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Olimlar ko'chasi, 2-uy 9 Oktabr, 2026

Markaz haqida

Markaz haqida

Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi uzoq tarixga ega bo'lib, bir necha bosqichlarda tashkil etilgan va qayta nomlangan. Quyida markazning muhim tarixiy bosqichlari keltirilgan.

Tarixiy bosqichlar

1952

1952-yilda Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Qarshi shahrida tashkil etilgan.

1985 — 1993

1985-yilda viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti maqomi berildi; 1993-yilda esa viloyat xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish instituti maqomi olindi.

2005

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 25 fevraldagi 25-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti shakllantirildi va tizim takomillashtirildi.

2014

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi 234-sonli qaroriga asosan markazning faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.

2017

Prezident qarori (PQ-3289, 26 sentabr 2017) asosida Qarshi Davlat universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tashkil etildi.

2018

Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son qarori bilan Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi sifatida faoliyati davom etdi.

2022

Prezidentning PF-134 farmoni (11 may 2022) asosida markazga Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi maqomi berildi.

2024

Prezidentning 21 iyundagi PQ-231-son qarori asosida markazning nomi Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi deb qayta tasdiqlandi va hozirgi faoliyati shu nom bilan davom etmoqda.

Markazning tadbir va dasturlari pedagoglar malakasini oshirishga, yangi metodikalarni joriy etishga va sifatli ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Rasmiy maʼlumotlar

To'liq nomiQashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi
ManzilQashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Olimlar ko'chasi, 2-uy
UstaviO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 iyundagi PQ-231-son Qarori asosida qayta tashkil etilgan va Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2024 yil 22 iyulda 2524410-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Bank rekvizitlari

Hisob raqami (Sh.x/f)100010860104017096200072001
INN202858483
MFO00190
Bank nomiQarshi shahar, Ipoteka-Bank ATIB, Qashqadaryo viloyat filiali
STOP KORRUPSIYA