Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Olimlar ko'chasi, 2-uy 9 Oktabr, 2026
Qaror ijrosi amalda.

Qaror ijrosi amalda.

10 Fevral, 2026 13 marta o'qildi

Qatag‘on qurbonlari xotirasi | Qashqadaryo PMM

QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Vazirlar Mahkamasining 04.11.2025 yildagi 691-son qarori 2025–2026 yillarda ijro dasturi | Qaror ijrosi ta’minlanmoqda

691-son qaror

  • “2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari dasturi”
  • Tasdiqlangan sana: 04.11.2025
  • Asosiy yo‘nalish: Tarixiy haqiqat, qurbonlar xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodga ibrat
  • Ijro ustidan nazorat – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Markazimizda

  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda
  • Qatag‘on qurbonlari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan o‘qishlar, davra suhbatlari
  • Videolavhalar, hujjatli film namoyishlari
  • Professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ma’ruzalar
  • Xotira kechalari va ochiq darslar

Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi

“Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish – kelajak oldidagi muqaddas burchdir”

Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida 691-son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

2026-yil yil fevral oyida Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish bo‘yicha quyidagi ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi:

2026-yilning 9-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya ta’lim menejmenti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ochilov Og‘abek tomonidan fevral oyida malaka oshirayotgan MMIBDO‘ guruhi tinglovchilariga 3:4 modulining “Maktabda Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusidagi tadbirlarni samarali tashkil etish” mavzusida mahorat darsi tashkil etilgan.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, bugun biz nafas olayotgan mustaqillik havosi — o‘sha fidoyilarning qoni, mehnati va armonlari evaziga kelgan muqaddas ne’matligi, ularning xotirasini e’zozlash — ularning g‘oyalarini, ya’ni ma’rifatli va kuchli davlat qurish yo‘lidagi intilishlarini davom ettirishni targ‘ib qilishdan iboratdir.

2026-yil 6-fevral kuni Qashqadaryo viloyat pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan fevral oyida tahsil olishga kelgan ona tili 1-guruh tinglovchilariga “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusidagi tadbirlarni rejaga muvofiq tashkil etish yuzasidan “Behbudiy hayoti va ijodini anglash” mavzusida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti O.Norov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsidan ko‘zlangan maqsad, qatag‘on qurbonlari, ya’ni millat fidoyilari — o‘zbek xalqining ma’naviy poydevorini qurgan, milliy o‘zlikni anglash va istiqlol orzusi yo‘lida jonini fido qilgan buyuk siymolar, ularning merosi va ular ko‘targan g‘oyalarning tub mohiyati bugungi mustaqilligimizning ma’naviy asosi hisoblanishi, bugun biz nafas olayotgan mustaqillik havosi — o‘sha fidoyilarning qoni, mehnati va armonlari evaziga kelgan muqaddas ne’matligini, ularning xotirasini e’zozlash — ularning g‘oyalarini, ya’ni ma’rifatli va kuchli davlat qurish yo‘lidagi intilishlarini davom ettirish kerakliginini yosh avlod ongiga singdirishdan iborat bo‘ldi. Mahorat darsida amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi. Ishtirokchilar mashg’ulot jarayonida lozim bo‘ladigan qimmatli ma’lumotlar oldilar.

🕊️ 691-QAROR • QASHQADARYO PMM Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazida mahorat darsi tashkil etildi

📸 Tarbirdan foto lavhalar

×❮❯

Qisqacha: Qatag‘on qurbonlari xotirasi | Qashqadaryo PMM QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Vazirlar Mahkamasining 04.11.2025 yildagi 691-son qarori 2025–2026 yillarda ijro dasturi | Qaror ijrosi ta’minlanmoqda 691-son qaror “2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari dasturi” Tasdiqlangan sana: 04.11.2025 Asosiy yo‘nalish: Ta...
← Barcha yangiliklar
STOP KORRUPSIYA